Boy turizm salohiyatimiz xalqaro maydonda

Date:

Xitoy Xalq Respublikasining Xayko shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “CITM–2025” xalqaro turizm yarmarkasida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi faol ishtirok etdi.

Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan turizm sohasi vakillari ishtirok etgan mazkur xalqaro maydonda Surxondaryo viloyatining boy turizm hamda investitsiyaviy salohiyati keng jamoatchilikka taqdim etildi. Yarmarka doirasida viloyatning tarixiy-madaniy merosi, muqaddas ziyoratgohlari, ekoturizm, shuningdek, sog‘lomlashtirish va dam olish turizmi yo‘nalishlaridagi imkoniyatlari keng targ‘ib qilindi.

Tadbir davomida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi tomonidan xorijiy turkompaniyalar va turizm assotsiatsiyalari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib, viloyatga sayyohlar oqimini oshirish, qo‘shma turistik mahsulotlar ishlab chiqish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun