Termizda Yangi yil nafasi

Date:

Aholiga bayramona kayfiyat ulashish, shuningdek, Yangi yil tadbirlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazish maqsadida Termiz shahrining to‘rtta turli nuqtasida Yangi yil bayrami archalari o‘rnatilib, ular atrofida yarmarkalar faoliyati tashkil etilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu nuqtalarda bayram archalarining o‘rnatilishi hamda yarmarkalarni tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi.

Xususan, archalarni o‘rnatish, ko‘chalar va jamoat joylarini bayramona bezash, ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish masalalari bo‘yicha shahar hokimi hisobot berdi. Shuningdek, arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish yuzasidan prokuratura va departament mutasaddilari, xavfsizlik hamda jamoat tartibini ta’minlash masalalari bo‘yicha Ichki ishlar organlari hamda Favqulodda vaziyatlar xizmati mas’ullari ma’lumot berdi.

Viloyat rahbari bayram tadbirlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, yarmarkalarda bayram dasturxoni uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni aholi uchun arzonlashtirilgan narxlarda taklif etilishini ta’minlash yuzasidan har bir tuzilmaga aniq vazifalar yukladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobga oshno yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh...

Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining...

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...

Huquqiy baho berildi

Sho‘rchi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha...
KunTun
KunTun