Uy ta’miri uchun yordam beriladi

Date:

O‘zbekistonda kambag‘al oila a’zosi bo‘lgan xotin-qizlar uy-joyini ta’mirlash yoki qurilish materiallarini xarid qilish uchun davlat tomonidan moliyaviy yordam oladi. Ushbu tartib 2025-yil 26-iyuldan kuchga kirdi.

«Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmi takomillashtiriladi. YA’ni oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 2 baravarigacha bo‘lgan oilalardagi ayollarning uy-joy holati maxsus ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi va zarur hujjatlar rasmiylashtiriladi.

Budjet hisobidan ayollar uyini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallarini yetkazib beruvchi tashkilotlarga «Ayollar daftari» jamg‘armasi orqali shartnoma asosida BHMning 50 baravarigacha — 20,6 mln so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi. Amalga oshiriladigan ishlar ma’ullar tomonidan nazorat qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

57 yillik orzu ro‘yobga chiqdi

Muzrabot tumani markazidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan "Qorakamar" qishlog‘i...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Muzrabot tumanining Chegarachi mahallasidagi 29-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv...

Yoshlar sog‘lom hayot sari chorlanmoqda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz”...

Surxondaryoda iqtisodiy taraqqiyot jadallashadi

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi 16...
KunTun
KunTun