“Ulug‘bek Ziji” asari 4 ta tilda nashr etildi

Date:

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari tomonidan “Ulug‘bek Ziji” (yoki “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”) asari ilk bor o‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida nashr etildi. Fanlar Akademiyasining xabar berishicha, asar XV asrning buyuk astronomik merosi bo‘lib, u Amir Temurning nabirasi, Movarounnahr sultoni Mirzo Ulug‘bek (1394–1449) boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan yaratilgan.

 Asar to‘rt qismdan iborat bo‘lib, birinchisida xronologiya va taqvimlar, turli xalqlarning yil hisobi, ikkinchi qismda sferik astronomiya va matematik geografiya masalalari hamda matematik va geografik jadvallar berilgan.

 Uchinchi qism sayyoralar harakati va yulduz astronomiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 1014 ta yulduzning katalogi keltirilgan.  To‘rtinchi qism astrologiya, ya’ni munajjimlar bashorati tavsifiga oid.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun