Holat havas qilarli emas

Date:

Har bir hududda sohalar bo‘yicha vazifalar berildimi, ijrosi bilan qiziqish mas’ullar mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi. Aks holda muammolar, kamchiliklar yuzaga chiqib, aholi uchun ko‘plab noqulayliklar tug‘ilishi aniq. Shu maqsadda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlariga tashrif buyurib, belgilangan vazifalar ijrosini o‘rgandi hamda joylardagi dolzarb muammolarni mahalliy aholi va mas’ullar ishtirokida tahlil qildi.

Xususan, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi shahar” mahallasining Turkiston ko‘chasida ichimlik suvi tarmoqlarini tortish, yo‘l va piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, shuningdek, aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganilib, mavjud muammolarni hal etishda mutasaddi tashkilotlar faolligi yetarli emasligi ta’kidlandi.

Mas’ul rahbarlarga bir hafta mobaynida ushbu mahallada doimiy ish olib borish, infratuzilmaviy muammolarni tez va sifatli hal etish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, Sho‘rchi tumanidagi “Obodon” mahallasida ham infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash va aholi uchun qulay turmush muhitini yaratish masalalari o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun