Ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish har birimizning burchimizdir. Noqonuniy baliq ovlash nafaqat ekologiyaga zarar, balki qonun oldida javobgarlikni ham keltirib chiqaradi. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumanida viloyat Milliy gvardiya hamda Ekologiya boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi tungi tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi. Reyd davomida “Surxon sohili” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Sherobod kanalida noqonuniy baliq ovlash holati aniqlandi.
Tergov-surishtiruv natijasida huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasi 1-qismiga asosan 7 million 500 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Shuningdek, “Navbahor” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi xuddi shu kanalda ham noqonuniy baliq ovlash holati qayd etildi. Ushbu holat bo‘yicha P.Q. ismli fuqaro qonunbuzarlikda gumon qilinib, unga ham MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan 7 million 500 ming so‘mlik ma’muriy jarima belgilandi.

