“Kasb markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Date:

Surxondaryo viloyatida ilg‘or xorijiy tajribalar asosida umumta’lim maktablarida “Kasb markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Xususan, Termiz shahar politexnikumida tashkil etilgan “Kasb markazi”da o‘tkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yaratilgan shart-sharoitlar, kurs va to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, videokonferensaloqa orqali hududlardagi yana 15 ta markaz faoliyatiga rasman start berildi.

“Kasb markazlari”da hunarmandchilik, kulolchilik, yog‘och va metall o‘ymakorligi, sartaroshlik, robototexnika, oshpazlik va qandolatchilik, karving san’ati, tikuvchilik va kiyim dizayni kabi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan. Shuningdek, ko‘ngillilar fotografiya, videotasvirga olish, grafik dizayn va gulchilik, duradgorlik, avtotrinajyor, kibersport va ot sportini ham o‘rganishlari mumkin. Shu bilan birga, SMM (Social Media Marketing) — Instagram, TikTok, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratish, reklama va targ‘ibot strategiyalari sirlari ham malakali mutaxassislar tomonidan o‘rgatilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Viloyat hokimi to‘garaklar faoliyati bilan tanishib, mas’ullarning axborotlarini tingladi hamda o‘quvchi yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda to‘garaklar sonini yanada oshirish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun