Tibbiy xizmat yanada yaxshilanadi

Date:

Sariosiyo tumanida aholini tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tizimi ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Shirin” mahallasida joylashgan 10 383 nafar aholiga xizmat ko‘rsatuvchi 64-son (G‘ayrat) oilaviy poliklinikasi yangitdan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida, tuman hokimi Abduqodir Donayev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faollar va nuroniylar hamda tibbiyot sohasi xodimlari ishtirok etdi. Prezidentimiz topshiriqlari asosida hududlarda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, tumandagi “Boysunobod” mahallasida joylashgan 5 317 nafar aholiga xizmat ko‘rsatuvchi Chinor oilaviy shifokorlik punkti ham yangitdan qurilib, foydalanishga topshirildi. Tibbiy xizmat sifatini oshirish, “Elektron poliklinika” tizimini samarali joriy etish maqsadida planshet va kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun