«Ekolog olimlar hamjamiyati» ta’sis etiladi

Date:

Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan ayrim tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» tizimida ro‘yxatga olish orqali o‘tkazilishi belgilandi. Qarorga ko‘ra, «Ekolog olimlar hamjamiyati» nodavlat notijorat tashkiloti ta’sis etiladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-avgustdan Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi inspektorlari
Yuridik shaxslarning o‘z hududida bino, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish yoki yo‘q qilish,
o‘lchami 500 kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish;
yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash holatlar aniqlanganda, tezkor nazorat tadbirlarini tekshiruvlar boshlangandan so‘ng, 24 soat ichida «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor etish tartibida amalga oshiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun