Harbiylar farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi

Date:

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tassarrufidagi Termiz garnizonining harbiy qism ma’naviyat va ma’rifat markazida Termiz, Kakaydi hamda Xayrabod garnizonlaridagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.
Prezidentimizning 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idora xodimlarining farzandlari uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun besh foizli kvota hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga tanlovsiz qabul qilish to‘g‘risida tavsiyanomalar berilishi belgilangan.
Tantanali marosimda Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Farxodjon Shermatov shu haqida atroflicha so‘z yuritdi. Belgilangan kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga hujjat topshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan harbiylar farzandlariga omad tiladi. Marhum harbiy xizmatchilarning xotirasi yod etildi.

–Vatan himoyachisining farzandi bo‘lganimdan faxrlanaman, – deydi podpolkovnik Nizomiddin Ko‘charovning o‘g‘li Bexruz Ro‘zimurodov. – Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishi uchun harbiylarning farzandlariga ajratilayotgan besh foizli kvota tavsiyanomasiga munosib ko‘rilganimdan juda mamnunman. Bu imtiyozdan foydalanib, bu yil o‘qishga kirib, a’lo baholarga o‘qiyman. Kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan mutaxassis bo‘lib yetishaman. Bunday e’tibor uchun davlatimizdan behad minnatdorman.
Tadbirda ana shunday imkoniyatga ega bo‘lgan 43 nafar yigit-qizga besh foizli kvota asosida o‘qishga kirish to‘g‘risidagi tavsiyanoma topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Viloyat kubogi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Boysun...

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...
KunTun
KunTun