Surxondaryoda avtozavod quriladimi?

Date:

Xitoyning yirik avtomobilsozlik kompaniyasi Surxondaryoda zamonaviy zavod tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Dongfeng Motor Groupning tarkibiga kiruvchi Dongfeng Liuzhou Motor Co., Ltd delegatsiyasi viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan uchrashdi. Muloqotda Singdao avtomobil tadqiqot instituti vitse-direktori Fu Hao ham ishtirok etdi.
Tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini chuqur o‘rganish va amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun mutaxassislar ishtirokida kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi. Uchrashuvda xitoylik kompaniya o‘zining elektr furgonlari, mini yuk mashinalari va ko‘p maqsadli transport vositalari (MPV) modellarini taqdim qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun