Sirojiddin Sayyid bilan uchrashuv

Date:

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli Xayraobod garnizonida “Shoirlar va harbiylar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Surxondaryo viloyati Yozuvchilar uyushmasi rahbari Mengdor Ollomurodov hamda bir guruh taniqli ijodkorlar ishtirok etdi.

Shoirlar Vatan, tinchlik va sadoqat mavzusidagi she’rlarini o‘qishdi, harbiylar bilan badiiy muloqot olib borishdi. Savol-javoblar va samimiy suhbatlar orqali ruhiy yaqinlik va ma’naviy hamjihatlik muhiti yaratildi.

Uchrashuv yakunida garnizon kutubxonasiga badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi. Bu esa harbiylarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga munosib hissa bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun