111 nafar oila “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Date:

Surxondaryo viloyatida 111 nafar oila “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Viloyatimiz boʻylab o‘tkazilgan tantanali tadbirlar davomida oilalarning jamiyatdagi faol ishtiroki, milliy va ma’naviy qadriyatlarni asrashdagi xizmatlari, farzand tarbiyasidagi ibratli faoliyatlari alohida e’tirof etildi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan oilalarning bir guruhi bilan uchrashdi. Uchrashuvda viloyat rahbari “Ibratli oila” ko‘krak nishoni oila bekasi nomiga rasmiylashtirilishi — mo‘tabar ayol zotini ulug‘lash va e’zozlash bilan birga, oila va jamiyatda uning nufuzini oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan oilalar yashaydigan xonadonlar kirish qismiga “Oilani mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun” degan faxrli belgi o‘rnatilishi — yurtimizda oila qadriyati qanday yuksak darajada ulug‘lanayotganining yorqin ifodasi ekani qayd etildi.
Ushbu ko‘krak nishoni joriy yilda ikkinchi bor taqdim etildi. O‘tgan yili Surxondaryo viloyatidan 15 ta oila unga munosib deb topilgan bo‘lsa, bu yil bu ko‘rsatkich 111 taga yetdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun