Birinchi bosqich ishga tushdi

Date:

Angor tumanida mahalliy sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida “Tallashqon” mahallasida yirik loyihaning 1-bosqichi amalga oshirildi.

Ushbu bosqichda qurilish-montaj ishlariga 2,2 milliard so‘m, xomashyo mahsulotlariga 0,5 milliard so‘m, asbob-uskunalarga 0,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Natijada, tumanda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan “Export Brend Termiz” MCHJ yangi ishlab chiqarish korxonasi o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur korxonada turli o‘lchamdagi vannalar va simli to‘siqlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Mahsulotlar sifat darajasi va dizayn jihatdan mahalliy bozor talablariga to‘liq javob beradi.

Korxona faoliyati boshlanganiga bor-yo‘g‘i 3 oy bo‘lgan bo‘lsa-da, bugungi kunda 10 ta doimiy ish o‘rni yaratildi. Bu esa nafaqat aholi bandligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda, balki tuman iqtisodiyoti rivojiga ham hissa qo‘shmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar garovi

Har bir bola sifatli ta’lim-tarbiya olish va o‘z qobiliyatini...

Qulaylik yaratildi

Aholiga sifatli va tezkor veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda mutaxassislarning zarur...

Mehnat ortidan farovon hayot

Mehnat — farovonlik va baraka manbai. Buni nafaqada bo‘lishiga...

Shahnoza Haydarova — Osiyo chempioni

O‘zbekiston yoshlar sportida yana bir yorqin natija! Osiyo chempionatida...
KunTun
KunTun