Jarima ballari 1-iyundan hisoblanadi

Date:

Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash toʻgʻrisidagi nizom ham tasdiqlangan. Unga koʻra, qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi, baholash jadvali, jarima ballarini hisoblash hamda ushbu jarayon boʻyicha murojaat qilish tartiblari bеlgilandi.

Shuningdеk, avtomashinani boshqarish jarayonida yoʻl harakati qoidabuzarliklarini sodir etish holatlarini jarima ballari asosida baholash tartibi tasdiqlandi. Yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari “E-jarimaball” moduli orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblab boriladi.

12 oy mobaynida yoʻl harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga ragʻbatlantirish tariqasida, kеyingi davrda yoʻl harakati qoidalarini birinchi marta buzgani uchun birinchi jarima bali hisoblanmaydi. Haydovchilarning oxirgi huquqbuzarligi uchun jarima bali hisoblangan vaqtdan boshlab, ular 6 oy davomida yoʻl harakati qoidabuzarliklariga doir boshqa huquqbuzarlik sodir etmagan taqdirda, uning umumiy jarima ballaridan ikki jarima bali ayirib tashlanadi.

Agar haydovchilar jarima ballarining umumiy miqdori ikki jarima balidan kam boʻlgan taqdirda, barcha jarima ballari ayirib tashlanadi hamda jarima ballarini hisoblash muddati birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan yangidan boshlanadi.

Qaror shu yilning 1-iyundan boshlab Oʻzbеkistonda haydovchilarning yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari tizimi ishga tushadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun