Rejalar puxta

Date:

Surxondaryo viloyatida investitsion muhitni yaxshilash va infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlar izchil ravishda davom ettirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Oltinsoy tumanida davom ettirib, amalga oshirilayotgan yirik loyihalar ijrosi bilan tanishdi. Jumladan, “Lankaran yo‘l tikinti” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 4R-100 avtomobil yo‘lining 137-162-kilometrlar oralig‘idagi 25 kilometrlik uchastkada olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi. Shuningdek, xorijiy investorlar hamkorligida tashkil etilgan “Turon Eko Ko‘mir” MCHJ faoliyati — ko‘mir qazib olish jarayoni va kelgusidagi investitsiya rejalari taqdimoti bilan tanishildi.
Tashrif doirasida aholi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma obyektlari ham ko‘zdan kechirildi. Jumladan, “Qorliq” mahallasida joylashgan, ikki ming yillik tarixga ega chinor joylashgan masjid, “Chep” mahallasining yangidan qurilgan fuqarolar yig‘ini binosi, yo‘llar ta’miri holati hamda “Marmin” mahallasidagi 56-sonli oilaviy poliklinika binolarini rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stadion zamonaviy talablarga moslashtiriladi

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish va...

TerDUda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ta’lim, sport va dam olish uchun zamonaviy infratuzilma yaratish...

Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning...

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...
KunTun
KunTun