10 gektar maydonda banan yetishtiriladi

Date:

Hududlarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaratish aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, viloyatimizda tadbirkorlar bilan muntazam muloqotlar tashkil etilib, mavjud muammolar bartaraf etib kelinmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Sho‘rchi tumaniga tashrifi doirasida videokonferensaloqa orqali investorlar va eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan muloqot qildi.
Unda sohada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, avvalgi uchrashuvlarda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarning hisobotlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish maqsadida mas’ullar biriktirilib, har bir vazifa uchun ijro muddatlari belgilab berildi.
Tashrif doirasida viloyat hokimi “Qora ariq” mahallasidagi 74-sonli maktabning yangi binosini jihozlash ishlari bilan ham tanishdi. Shuningdek, 10 gektar maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan banan yetishtirish loyihasi taqdimoti ham namoyish etildi. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli rahbar va mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

1 500 bedana ortidagi katta niyat

Muzrabot tumanida “Yoshlar kuni” doirasida yosh tadbirkorlarning faoliyati o‘rganilib,...

Xorijdagi tajribadan voha taraqqiyotigacha

Surxondaryo viloyati hokimi “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida vohadagi...

Qizlar uchun suhbat, kelajak uchun saboq

Denov tumanidagi 101-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Davraga kel,...

Surxondaryo IT xaritasini kengaytirmoqda

Toshkentda o‘tayotgan “ICT Week Uzbekistan-2026” xalqaro haftaligida Surxondaryo viloyati...
KunTun
KunTun