Ochiq dars qiziqarli oʻtdi

Date:

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Rohila Ma’rufjonova maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalariga tarbiyachining ish hujjatlari fanidan ochiq dars tashkil qildi. Dars davomida “Tarbiyachining shaxsiy ish rejasi” mavzusi keng qamrovda tahlil qilindi. Talabalarga shaxsiy ish rejasining mazmuni, uni tuzish prinsiplari, tarkibiy qismlari hamda reja asosida olib boriladigan faoliyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Qiziqarli mashg‘ulotlarga boy o‘tgan ochiq darsda talabalarga mavzuga doir videorolik taqdim etildi. Shu bilan birga, aqliy hujum hamda muammoli o‘qitish texnologiyasi kabi zamonaviy ta’lim metodlarini qo‘llash dars samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limga e’tibor

Yosh avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning bilim olishi...

Tutqanoqqa davo bor

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan...

Vatan tuyg‘usi qalblarda ulg‘ayadi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan DXX Chegara...

50 million dollarlik investitsiya

Yangi ishlab chiqarish loyihalarining hayotga tatbiq etilishi hududlarda sanoat...
KunTun
KunTun