Yangi qo‘mita tashkil etiladi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni (PF-52-son, 19.03.2025-y.) qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, Jamiyatda umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashning ustuvor vazifalaridan biri etib, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyatda do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va birdamlikni mustahkamlash orqali yagona fuqaroviy o‘zlikni shakllantirish belgilandi.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tashkil etiladi. Qo‘mita millatlararo munosabatlar hamda xorijdagi vatandoshlar masalalari sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlari va tashkilotlarning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Har yili “O‘zbekiston yagona Vatan!” shiori ostida yurtimizdagi barcha millat va elatlar vakillarining o‘zaro tengligi, birdamligini, ularning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etuvchi anjuman tashkil etiladi. Qo‘mita “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan birgalikda har yili xorijdagi vatandoshlarning “Uz Global Think” forumini tashkil etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun