Bag‘rikenglikni his qilib…

Date:

Navro‘z shukuhi hali-hamon qalblarimizni tark etgani yo‘q. momolarimiz sumalak pishirib, urf-odat va an’analarimizni joyiga qo‘yishmoqda. Ana shunday kunlarda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan Sherobod tumani “Vandob” mahallasida joylashgan “Beshbuloq” bolalar dam olish oromgohida sumalak sayli tashkil etildi.
Ulkan doshqozonda sumalak tayyorlanib, mehmonlar birgalikda sumalak kovlab, milliy an’analarimizga xos mehr-muhabbat va bag‘rikenglikni his qilishdi. Bayramona bezatilgan hovlida milliy kuy-qo‘shiqlar jarang sochdi, milliy libosdagi yigit-qizlar Navro‘z va Sumalak sayli haqidagi qadimiy rivoyatlar bilan tanishishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun