SHIRIN TASHVISHLARGA BOSHLAYDI, LAPAR

Date:

Navro‘z milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz tarannum etiladigan ayyomdir. Onamizning shirali ovozi ostida tinglagan allalarda bildirilgan tilaklar ro‘yobi ila kamolga yetgan bo‘lsak, o‘zimiz ham o‘g‘il-qizlarimizni allalab ulg‘aytirishga odatlanganmiz. Afsuski, hamma ham bugun alla aytmaydi. Allaning “mp3” variantini qo‘yishadi-da, chaqalog‘ini uyquga ketishini kutadiganlar ham yo‘q emas. Ana shunday yosh onalarga bugungi sayil allaning ahamiyatini tushuntirgandek bo‘ldi. Alla aytib, beshik tebratayotgan onalarni kuzatish, ohangni tinglash har bir tomoshabinni bolaligiga qaytargan bo‘lsa, ajab emas.
Laparlar, kelin salomlar ta’rifiga esa til ojiz. Bo‘y qizlar kelinlik libosini kiyib, fayzli bir xonadonning bekasi bo‘lishni orzulashgan bo‘lsa, onalarimiz o‘g‘illarini uylashni, kelin olishni xayol qilishgandir. Nima bo‘lganda ham aytilayotgan sho‘x-shodon laparlar barchani shirin tashvishlarni boshlashga undagani aniq.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Dorilar arzonlashadi

Aholi uchun dori-darmonlarning yanada qulay bo‘lishi maqsadida joriy yilning...

Muddat aniq, jazo qat’iy

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari...

Bog‘cha ochsa, imtiyoz bor

Maktabgacha ta’lim qamrovi past bo‘lgan hududlarda xususiy bog‘cha ochayotgan...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan

Surxondaryo viloyatining qulay iqlimi va unumdor tuproqlari qishloq xo‘jaligi...
KunTun
KunTun