TANLOV EMAS, IJOD MAYDONIDAMIZ

Date:

Milliy ohanglarimizda qandaydir sehr bor. Do‘mbira chertayotgan baxshilarning aytimlari sizni eh-hhe Barchin-u Alpomishning zamoniga olib ketsa, chanqovuz ovozi zamonlarni bir-biriga bog‘lovchi ko‘prik yanglig‘ his-tuyg‘ular og‘usida sel qilaman deydi. Shu onda sahnaga birin-ketin chiqayotgan folklor jamoalarining chiqishlari xayollaringizni bo‘lib, o‘zlariga mahliyo etadi. Kuzatuvlaringiz natijasida g‘olibni aniqlayman deysiz-u munosib bahoni qo‘yishga shoshib qolasiz. Chunki har bir chiqish ajoyib, g‘oliblikka munosib.
— Folklor jamoalarining har bir chiqishlari ajoyib, tahsinga sazovor, — deydi Sayyora Qosimova. — Jamoalarda raqobat bo‘lishi kerak bo‘lsa-da, bizlarning oramizda esa do‘stona muhit hukmron. Biz katta tajribaga ega, uzoq yillardan buyon faoliyat olib borayotgan jamoa bo‘lsak, endigina o‘z ishini boshlab, repertuarini boshlagan yosh iste’dodli qizaloqlarni o‘zida jamlagan jamoalar bilan qanday qilib raqobatlashamiz. Qaytamga o‘zimizning kerakli tavsiyalarimizni berib, kelgusi faoliyatlariga oq yo‘l tilaymiz. Mehr-oqibat, qadriyatlarimizning qadr topishi shu bo‘lsa kerak. Bu esa biz surxon ahlining qon-qonimizga, jonimizga singib ketgan. Bugungi bayramdagi ko‘rik-tanlov esa raqobat maydoni emas, iqtidorimizni ko‘rsatish, jo‘sh urib, muqaddas sanalmish sahnada jon-u tanimiz sel bo‘lib raqsga tushish, voha ahlining kayfiyatini ko‘tarishdir. Olqishlar, yuqori kayfiyatni kuzatib, amin bo‘lyapmizki, biz ko‘zlagan maqsadimizga yetyapmiz. Bu esa bizni yanada jo‘shib ijod qilishga kuch beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun