AI–80 cheklanadi

Date:

Yil yakuniga qadar barcha kuch va resurslarni safarbar etib, aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i bilan ta’minlagan holda AI–80 rusumli avtomobil yoqilg‘isidan foydalanish va sotish cheklanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmonida alohida qayd etilgan.
2025-yil 1-maydan boshlab keng jamoatchilik vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari, aholi fikrini inobatga olgan holda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida quyidagi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi:
asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar;
teri-ko‘nchilik, parrandachilik fabrikalari;
samaradorligi yuqori bo‘lgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi ko‘mir yoqish;
qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar bo‘lgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash;
xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.
Shuningdek, 2025-yil yakuniga qadar barcha kuch va resurslarni safarbar etib, aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i bilan ta’minlagan holda AI–80 rusumli avtomobil yoqilg‘isidan foydalanish va sotish cheklanadi. Qolaversa, respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanishga to‘liq chek qo‘yiladi (bundan avariyaviy yoqilg‘i sifatida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligini xabardor qilib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda foydalanish holatlari mustasno).

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilmiy salohiyat yuksaltiriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov...

Termizda inklyuziv muhit

Termiz shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va xavfsiz...

Biologik himoya — mo‘l hosil garovi

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov hamda tuman prokurori Baxtiyor...

16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlar cheklanadimi?

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini qonun...
KunTun
KunTun