“MA’NAVIYAT KARVONI” OLTINSOYGA YO‘L OLDI

Date:

Surxondaryo viloyati hokimining tashabbusi bilan Oltinsoy tumanidagi qator maktablar viloyatdagi oliy ta’lim muassasalariga biriktirilib, ularga metodik ko‘mak berish, hamkorlikda qator tadbirlar o‘tkazish belgilanganidan, bu borada amaliy sa’y-harakatlar boshlanganidan xabaringiz bor. Shu munosabat bilan Termiz davlat universitetining mas’ullari va iqtidorli talabalaridan iborat “Ma’naviyat karvoni” Oltinsoy tumanidagi 64-maktabga yo‘l oldi.
Universitetning iqtidorli talabalari o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida matematika, ingliz, rus tili, kimyo, IT sohalaridan bir soatlik dars mashg‘ulotlarini o‘tishdi.
Shuningdek, talabalar tomonidan konsert dasturi, sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarni ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarida yanada rivojlantirish, ular uchun keng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, Termiz davlat universitetining yoshlar bilan hamkorlikdagi faoliyatini kengaytirishdir. Bu kabi tadbirlar nafaqat talabalarning bilim doirasini kengaytirish, balki ularning jamiyatga foydali, ijtimoiy faollikni oshirishga ham yordam beradi. Qolaversa, oliygoh o‘qituvchilari va talabalari tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir, talabalar va o‘quvchilarning birgalikda ishlash, o‘zaro fikr almashish va yangi bilimlarni o‘rganish imkoniyatlarini yaratdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun