Sayohat taassurotlarga boy bo‘ldi

Date:

Sayohat taassurotlarni oshiradi, kayfiyatni ko‘taradi. yashashga, hayotga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirib, o‘z oldingiz katta-katta maqsadlar qo‘yishga xizmat qiladi. Ayniqsa, bu sayohat munosib xulq-atvorda bo‘lganingiz, faolligingiz-u yaxshi o‘qiganingiz uchun tashkil etilgan bo‘lsa, kelgusida bundan-da faollik ko‘rsatishga jon-jahdingiz bilan kirishishingiz aniq.

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining faol va iqtidorli bir guruh talabalari Toshkent shahridagi turistik joylar hamda muqaddas qadamjolar bo‘ylab sayohat qilishmoqda. Dastlab talabalar “G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi” hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga sayohat qilishdi.

Tashrif davomida talaba-yoshlar o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tarixi, xalqimizning qahramonligi, front va front ortidagi mardona mehnati haqida majmuadagi eksponatlar orqali tanishishga muyassar bo‘lishdi.

Keyingi manzil  “Adiblar xiyoboni” bo‘ldi. Sayohatchilar xiyobondagi 24 nafar shoir-yozuvchining mis va bronzadan quyilgan haykallarini tomosha qilishdi.

G‘afur G‘ulom, Erkin Vohidov va Abdulla Oripov, Abdulla Qahhor kabi buyuk shoir-yozuvchilar siymosi o‘ziga xos tarzda aks etgan bo‘lib, ular atrofidagi soʻlim bogʻchalar, kishi ta’bini quvontiradigan anvoyi gullar talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun