Kitoblar karvoni hududlarga yo‘l oldi

Date:

Kitob insonning eng yaxshi hamrohidir. Bejizga yosh-u keksa kitobga, mutolaaga oshno etilmayapti. Eng yaxshi tuhfa ham kitobdir. Bunday sovg‘a kitob o‘qimaydigan insonni ham bir varaqlashga, mazmuniga qiziqishga undaydi. Beixtiyor, mutolaaga kirishadi. Qarabsizki, kitob o‘qishni zerikarli emas, yoqimli mashg‘ulot ekanini anglaydi. Mahalla-yu maktablarda, korxona va tashkilotlarda ham “Ma’naviyat sektor”lari tashkil etilib, badiiy adabiyotlarning o‘rin olganining boisi ham shundan.
Termiz shahrida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat sektori” faoliyatini “Surxondaryo tajribasi” asosida namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Respublika seminari doirasida Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan vohamizdagi 10 mingga yaqin maktablarning har biriga 1 ming donadan jami 100 ming dona kitoblar jamlanmalari ajratildi.
Yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish, maktablarni kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan kitoblar hududlarga yo‘ldi. Har bir maktabga berilayotgan jamlanmalardan ilmiy va badiiy kitoblar o‘rin olgan bo‘lib, albatta, ushbu ma’naviy xazina o‘quvchi-yoshlarga bitmas-tuganmas bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi va dunyoqarashlarini kengaytirib, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida yo‘lchi chiroq vazifasini o‘taydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun