Agrotexnik tadbirlar bilan tanishildi

Date:

Dehqon va fermerlar marrani katta olib, erta bahordanoq dalaga chigit ekib, unib chiqqan g‘o‘zalarga o‘z vaqtida ishlov hamda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishga kirishib ketganlar. Aytish kerakki, birgina Termiz tumanining o‘zida joriy yil hosili uchun 2 ming gektar maydonda chigit ekilgan.
Bu boradagi ishlar qanday ketayotganiga qiziqqan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumani “Yangiariq Surxon” hududida joylashgan “Sirojiddin Qoraxon” fermer xo‘jaligi paxta dalasida bo‘ldi va g‘o‘zaga agrotexnik ishlov berish tadbirlari bilan tanishib, klaster hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv bahonasida unib chiqqan g‘o‘za qator oralariga ishlov berish, yagonalash ishlarini kechiktirmasdan o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi. Tuman sektor rahbarlari hamda mutasaddilarga kultivatsiya va chopiqlash hamda yagonalash ishlarini bosqichma bosqich amalga oshirish, bunda zarur texnikalarni safarbar qilish vazifasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun