Raqiblarin halol yengib…

Date:

Kurash bobolarimizdan avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan qadriyatdek gap. Bolalikdan kurash tushib, olishib ulg‘ayayotgan o‘g‘lonlar kun kelib, albatta, polvon bo‘ladi. Polvonlik qonida bor emasmi, o‘z ishini ko‘rsatadi. Davralarga, kurashlarga, olishuvga chorlaydi.
Shuning uchun ham surxon vohasidan nomdor polvonlar yetishib chiqib, yurt sharafini munosib himoya qilib kelgan, kelayotir. O‘zbek kurashini dunyo tan olgani ham ushbu sport turining naqadar ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi. Nafaqat to‘y-hashamlarda, bayram-u tadbirlarda kurash uyushtiriladi, balki kurash sport musobaqalari ham tez-tez o‘tkazilib turiladiki, bu bilan yoshlarimizni kurashga qiziqtiriladi, kurashga chorlanadi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida bo‘lib o‘tayotgan sport musobaqalari ichida kurash turiga ham kurashchi-yoshlarning qiziqishi yuqori bo‘ldi. Olimpiadaning viloyat bosqichiga bilagida kuchi bor yoshlar bellashdi, kuch sinashdi. Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o‘quvchisi Diyorbek Abdujjaborov barcha raqiblarini halol yengib, g‘olib bo‘ldi va musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik choralari ko‘rilganmi?

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod...

Ekologik madaniyat amalda

Har qanday targ‘ibotning samarasi, avvalo, uni olib borayotganlarning o‘z...

Ishlar jadallashmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida joylashgan Oks...

Qat’iy choralar ko‘rildi

Surxondaryo viloyatida sud qarorlariga asosan egasiz deb topilgan kontrafakt...
KunTun
KunTun