“Dunyoning ishlari” dunyo bo‘ylab…

Date:

Har bir yozuvchi qog‘oz qoralab, asar yozishga tutinar ekan, uni butun dunyo ommasi o‘qishi, asar muvaffaqiyat qozonishini istaydi. O‘quvchi esa tanlab, saralab o‘qiydi. Jahon adabiyoti esa butun bir ummon bo‘lsa, o‘zbek adabiyoti bu ummondagi bir irmoq kabidir. O‘zbek adabiyotining-da nodir asarlari, mutolaa zavqini beradigan ma’naviy xazinalari bisyor. Uni dunyo kitobxonlariga taqdim etishimiz, o‘zbek adabiyoti ham borligini ko‘z-ko‘z qilishimiz kerak.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari Nyu-York shahrining metro bekatlarida reklama qilinayotganiga ko‘zi tushganning qalbida g‘urur-iftixor tuyg‘ulari mavjlanishi aniq. Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asari tarjimoni Mark Ris facebook sahifasida Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarinining inglizchaga tarjimasi chop etilgani haqida yozgan edi. Markning yozishicha, kitob 31-mart kuni dunyo yuzini koʻrgan. Aprelda Nyu-York shahrida imzo kuni oʻtkazilishini aytgan tarjimon kitobga mehnati singganlarni ham eslab oʻtadi.
Rassom Dildora Shamuratova, oʻzbek tilida muharrirlar: Gulnoza Ismailova, Munira Norova, Jahongir Azimov hamda tarjimonlar esa Abdullo Roʻziyev va Mark Ris, ya’ni o‘zi ekanini ta’kidlaydi. Demak, yana bir oʻzbek adabiyoti durdonasi ingliz tiliga tarjima qilinib, dunyo adabiy sahnasi tomon katta qadam tashladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hokimlar endi aholini shaxsan qabul qiladi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda...

30 yildan oshsa, ekologik to‘lovi bor

O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan...

Xakatonda g‘olib

Termiz shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Jahongir Mamasoliyev "InfoCheck...

“Sog‘lom ayol — kuchli jamiyat”

Xotin-qizlarni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini...
KunTun
KunTun