G‘oliblar soni ortmoqda

Date:

Gimnastika go‘zal va nafis sport turidir. U bilan shug‘illangan yoshlarning tanasi sog‘lom, barkamol, qomati raso bo‘lishi bilan ahamiyatli. Termiz shahrida sportning sport gimnastikasi turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Har bir ishtirokchi maydonga chiqib, bor mahoratini namoyon etdi. Har bir chiqishdagi holatlar, harakatlar inobatga olinib, baholanib borildi. Iste’dodli, mahoratli yoshlar g‘olib deb topilib, chempionat so‘nggida munosib taqdirlandi.
— G‘oliblar safida ekanimdan xursandman, — deydi 12-AFCHO‘Mining 6-sinf o‘quvchi Abdulaziz Abrorov — Ota-onamning qo‘llab-quvvatlovi, ustozlarimning mehnati bilan shu darajada erishdim. Bu safar ikkinchi o‘rinni oldim. Kelgusida, albatta, birinchi bo‘laman.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

SURXONDARYODA TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR SALOHIYATI NAMOYON BO‘LDI

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy...

QUMQO‘RG‘ONDA HARBIY SHAHARCHA QURILDI

Harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish, ularning samarali...

OLTINSOYDA YANGI XIZMAT

Oltinsoy tumani Oqarbuloq mahallasida Ochildiyeva Zarina Bahodir qizi tomonidan...

66 YOSHLI TERIMCHI 150 KILOGRAMDAN ORTIQ PAXTA TERDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, paxta...
KunTun
KunTun