Chiqindi to‘lovining 15 foizi mahalla budjetida qoladi

Date:

Bugungi kunda yurtimizda chiqindilar bilan bogliq muammolar aholi o‘rtasida noroziliklarni keltirib chiqarayotgani barchaga ma’lum edi. Chiqindini o‘z vaqtida tashib ketilmayotganligidan norozi bo‘layotgan aholining murojaatlari bugungi kunda o‘z yechimini topib, ijobiy hal etilayotgani biz uchun ayni muddao bo‘ldi. Shuningdek, poligonlarni optimallashtirishga qaratilayotgan keng islohatli ishlar nafaqat atrof-muhit muhofazasi, balki bevosita yurtdoshlarimiz salomatligiga daxldor ekanligini anglashimiz mumkin.
Endilikda Surxondaryo viloyatida sanitar tozalash korxonalari chiqindilarni tashib ketish xizmati uchun to‘lovlarni undirishda mahallalar bilan o‘zaro hamkorlikni taklif etadi.
Xususan, mahalla “yettiligi” tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun undirilgan to‘lov summasining 15 foizi ushbu mahalla byudjetida qoldiriladi. Natijada mahalla fuqarolar yig‘ini o‘z hududida infratuzilmani rivojlantirish hamda rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha mablag‘ga ega bo‘lishi, chiqindi uchun to‘lovda manfaatdorlik ta’minlanadi.
Shuningdek, viloyatimizdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlaridan ushbu imkoniyatdan samarali foydalanib, sohada xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etishlarini so‘raladi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun