Surxondaryoda ichki turizm yarmarkasi o‘tkazildi

Date:

Surxondaryo boy turistik salohiyatga ega hudud. Viloyatda o‘tmishdan saqlanib qolgan arxeologik yodgorliklar, nafis tarixiy-me’moriy obidalar, eko, etno, gastronomik, tibbiyot kabi turizm obyektlari dunyo sayyohlarida katta qiziqish uyg‘otib keladi. Vohada mahalliy va xorijlik turistlarga barcha sharoit yaratilib, ularga xizmatlar ko‘rsatish turi va sifati oshirilmoqda.


Bundan tashqari, yurtimizda ichki va tashqi turizmni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor nafaqat xalqimiz orasida balki chet davlatlardan tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun ham qulay sharoit bo‘layotir. Qolaversa, jannatmakon yurtimizning turli go‘shalari, muqaddas qadamjolari madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, tariximiz bilan yaqindan tanishtirib, sayohatchilarga bir olam taassurotga ega bo‘lishi bilan bir vaqtda ma’nan ham ruhan zavq beradi.


Termiz shahridagi San’at saroyida o‘tkazilgan tadbir turizm obyektlariga aholini keng jalb etish, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari va turistik maskanlarni qo‘llab-quvvatlash, turoperator va turagentlarni iste’molchilarga yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.
Yarmarkada mamlakatimiz viloyatlari va qo‘shni Tojikiston Respublikasidan turoperatorlar, turagentlar, viloyatdagi turistik obyektlar, mehmonxonalar rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, tadbir doirasida ichki turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar hamda korxona, tashkilotlar hamkorligida B2B (tadbirkor bilan tadbirkor) va B2C (tadbirkor bilan mijoz) mexanizmlari asosida uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro tajriba almashildi.


Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan mehmonxonalar, turfirmalar va restoranlar taqdimoti barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Yarmarka so‘nggida ichki turizmni rivojlantirishda faol ish olib borayotgan turoperatorlar munosib taqdirlandi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDUda ilmiy muhit, yangi g‘oyalar

Termiz davlat universiteti mezbonligida “O‘zbekiston janubida floristik va zoologik...

Sifati baholanadi

O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlariga tibbiyot va dorixona xizmatlari, shuningdek,...

Yigʻilish tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtdi

Denov tumanida vazir E‘zoza Karimova boshchiligida tanqidiy-tahliliy ruhda yig‘ilish...

Ichki ishlar xodimlari sharaflandi

Muzrabot tuman hokimligida Ichki ishlar organlari tuzilganining 34 yilligi...
KunTun
KunTun