Uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi

Date:

Shaxmat va shashka insonni o‘ylashga, mushohada qilishga majbur etuvchi sport turidir. U aqlni charxlab, fikrlash olamimizga ham ta’sir etadi. Shu sababdan ham yoshlarni shaxmat va shashkaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida sport musobaqa va turnirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Surxondaryo arxitektura va qurilish texnikumida Professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida Barkamol avlod sport musobaqalarining shaxmat va shashka sport turi bo‘yicha o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘yin qizg‘in pallalarga boy bo‘ldi. Viloyatlardan tashrif buyurgan 82 nafar o‘quvchi-yosh o‘zaro bellashib, kim ustun ekanligini isbotlashga urinishdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida shaxmat 1-o‘rinni Buxoro viloyati, Qiz bolalar o‘rtasida Navoiy viloyati egalladi. Shashkada esa Buxoro yigitlari va qizlari birinchilikni qo‘ldan boy berishmadi. Surxondaryoning o‘g‘il bolalar jamoasi ham bo‘sh kelmay, uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun