Xotin-qizlar tadbirkorligi uchun – 100 million dollar…

Date:

Ayollarning tadbirkorligini oshirishga qaratilgan imtiyozlar ishsiz yurgan xotin-qizlarimiz uchun qulay imkoniyat eshiklarini ochadi. Bunday tadbirkorlik ortidan esa o‘z oilasiga ham, jamiyatga ham foyda keltiradi. O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun keng ko‘lamli imtiyozlar taqdim etilgan. Ehtiyojmand xotin-qizlar bandligini ta’minlash bilan bir qatorda ularning biznesini qo‘llab-quvvatlash borasida tadbirkor xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Bu borada 2024-yil 7-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 122-sonli Qarori imzolandi. Xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga yillik 14 foizli stavkada jami 100 million dollar ekvivalentida kredit resurslari ajratiladi.
Shuningdek, ushbu qarorga asosan, Savdo-sanoat palatasi va uchta bankda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratiladi va tashabbuskor xotin-qizlarning biznes loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashiladi. Mahallalarda xotin-qizlar tadbirkorlikka o‘qitilib, ular tomonidan tayyorlangan mahsulotlar sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. Kooperatsiya asosida loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashilib, loyihalar amalga oshirilishini kuzatib borish va ayol tadbirkorlar bilan doimiy muloqot qilish, shuningdek, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash Dasturi ishlab chiqiladi.
Kredit ajratishda ustuvorlik “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlar tomonidan amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalarga beriladi.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Diplomi tan olinadimi?

O‘zbekiston “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global...

Insonparvarlikning amaliy ifodasi

Prezidentimizning xalqparvar siyosati natijasida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat...

Mas’uliyati oshirildi

Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonida Denov tumani Qo‘riqlash bo‘limida...

Ehtiyoj va talab

 Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan...
KunTun
KunTun