Yoshlardan navbatdagi gʻalaba

Date:

Sport yoshlarni epchil, chaqqon, bir so‘z bilan aytganda, jismonan yetuk bo‘lishiga yordam beryapti. Muhimi, sportning muvaffaqiyat pillapoyalaridan ko‘tarilishga xizmat qilayotgani esa yana bir mavzu. Toshkent shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar (U20) o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati ham ishtirokchilarni muvaffaqiyat qozonishlari uchun bir maktab vazifasini o‘tadi.
Albatta, ushbu chempionatda Termiz davlat universiteti talabalarining munosib ishtirokini e’tirof etib o‘tish joizdir. Sportchi yoshlarimiz bor mahorat va imkoniyatlarini ishga solib, faxrli oʻrinlarni egallashdi.
Disk uloqtirish boʻyicha Madamin Sayfullayevga teng keladigan topilmadi va u 1-oʻringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, 200 hamda 400 metrga yugurish boʻyicha Mohinabonu Roʻziyeva ham bo‘sh kelmadi, 2- va 3-oʻrinlarni zabt etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun