Takliflar tinglandi

Date:

Har bir sohaning kamchiligi, muammosi, og‘riqli tomonlari bo‘ladi. Buni esa ayni sohalarda ishlaydigan insongina tushunadi, biladi, his etadi. Shuning uchun ham xalqni qiynayotgan, o‘ylantirayotgan masalalarni faqat va faqat ularning o‘zidan so‘rash eng maqbul qarordir.

Ana shundagina ishlab chiqiladigan qarorlarda, farmonlaru davlat dasturlarida xalq manfaati, ularning dardu tashvishini aritadigan, manfaatlariga, farovon turmush kechirishiga xizmat qiladigan jihatlar o‘rin oladi. Muhtaram yurtboshimizning 2024-yil davlat dasturini ishlab chiqish yuzasidan jamoatchilik taklifini olish lozimligi haqidagi fikrlarida ham shu ma’noda jon bor.
Termiz shahridagi Matbuot uyida 2024-yil davlat dasturini ishlab chiqish yuzasidan jamoatchilik taklifini olish bo‘yicha tashkil etilgan davra suhbatida ham madaniyat sohasida faoliyat yurituvchi vakillar ishtirok etdi. Davra suhbatida “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirib berildi. Shundan so‘ng, jamoatchilik fikriga, ularning takliflariga quloq tutildi.


Aytish kerakki, teatr sohasida malakali kadrlarga ehtiyoj bor, ularning tajriba almashishlari, dunyoning nufuzli teatrlari bilan hamkorlik o‘rnatish, kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlangan bo‘lsa, turizm sohasidagi og‘riqli masalalar ham o‘rtaga tashlandi. Vohaga tashrif buyuradigan mehmonlarga talab darajasidagi shart-sharoitlarni yaratish, xizmat ko‘rsatish va servishni yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi. Ayniqsa, mehmonxona va restoranlarda faoliyat olib boruvchi ishchi-xodimlar, mehmonlar bilan bevosita muloqotda bo‘ladiganlar mutaxassislarning til bilish, muloqot madaniyati hali ham talab darajasida emasligi, ular o‘z ishiga to‘laqonli yondoshmayotgani tanqid ostiga olindi.


Davra suhbati davomida takliflar tinglanib, viloyat miqyosida hal bo‘ladigan murojaatlar ijrosi qat’iy nazoratga olinadigan bo‘ldi.

S.Normurodova,
D.Xolmo‘minov
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vazir TerDPIda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Termiz davlat...

Polimer quvurlar o’zimizda ishlab chiqariladi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasida...

Inson resurslari rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali hamda...

Oldindan prognoz qilinadi

O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy...
KunTun
KunTun