Talon-toroj holati aniqlandi

Date:

Hamma ham o‘z xizmat vakolatini sidqi dildan bajarib, halol mehnat qilavermaydi. Olayotgan oylik maoshidan-da ko‘prog‘ini istab, nafsiga erk beradi-da, o‘zganing haqi bilan boyishni kasb etadi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinsoy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “Q.” MFY bo‘yicha sobiq hokim yordamchisi Q.N. ham ana shunday yo‘lni tutdi.
U 7 nafar fuqaroga issiqxona qurish uchun ajratilgan 215,4 million so‘m imtiyozli kreditni o‘zi norasmiy boshqarib kelayotgan “O.C.” va “B.T.” MCHJlarning hisob raqamlariga o‘tkazib o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qildi. Tergov natijalari orqali holat ochiqlanib, aybdor Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan javob berishiga to‘g‘ri keldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun