Tinglovchilar “Vatanparvarlar bog‘i”da bo‘lishdi

Date:

Qoshu ko‘zlari, yuzi-yu samimiyati o‘xshash odamlar yashaydigan makon vatandir. Shu vatanda yashashning o‘zi, oqibatli vatandoshlarning har birini qo‘riqlash, himoya qilishni harbiy er yigit o‘zining muqaddas burchi deb biladi. Shu sababdan ham sarhadlarimiz ishonchli qo‘llarda, bizning esa har bir kunimiz, tunimiz tinch va osuda o‘tayotir. Yoshlarimiz qalbida vatanga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish maqsadida turli tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etamiz. Ayni shunday Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tinglovchilari ham Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da bo‘lishdi.
Aytish kerakki, ushbu bog‘ 3,8 gektar maydonda yangidan barpo etilgan bo‘lib, bog‘ 4 ta hududga, Vatanparvarlik, madaniy hordiq, sport va ma’naviy ozuqa hududlariga ajratilgan. Har bir hudud o‘z yo‘nalishlariga mos ravishda jihozlangan.
Hududda o‘rnatilgan tarixiy eksponatlar va harbiy texnikalar tinglovchilarga milliy
armiyamizning tarixi va buguni haqida ma’lumotlar berish bilan birga ularda harbiy Vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda xizmat qiladi.
Bu yerga tashrif buyurgan har bir tinglovchi qaysi yurtning farzandi bo‘lmasin, Vatanning naqadar muqaddas ekani, vatanparvarlik tushunchasi haqida ustozlarning qimmatli ma’lumotlarini tinglab, atrofni tomosha qilish mobaynida batafsil bilib oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobga oshno yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh...

Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining...

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...

Huquqiy baho berildi

Sho‘rchi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha...
KunTun
KunTun