Budjet tashkilotlarida maoshlar kechikayotganiga izoh berildi

Date:

Maoshlar to‘lanishidagi kechikish UzASBO-2 tizimiga o‘tishda yuzaga kelgan texnik nosozliklar bilan bog‘liq. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ish haqini belgilangan muddatlarda (5 ish kunida) to‘lab berish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchilari dekabr oyi uchun maoshlari to‘lanishi kechikayotganidan shikoyat qilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi izohiga ko‘ra, bu – budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha UzASBO-2 tizimiga o‘tish jarayonida yuzaga kelgan texnik muammolar bilan bog‘liq.
“Bugungi kunda ushbu nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi hamda UzASBO-2 tizimi orqali budjet tashkilotlarining dekabr oyi ikkinchi yarmi uchun 35 foiz byudjet tashkilotlarining ish haqlari moliyalashtirib berilishi ta’minlandi.
Ish haqini to‘lash jarayonida UzASBO-2 tizimining bir maromda ishlashi uchun mutaxassislar tomonidan monitoring olib borilmoqda va ish haqini belgilangan muddatlarda (5 ish kunida) moliyalashtirib berish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda”, – deyiladi vazirlik Telegram – kanaliga 5-yanvar soat 18:09 da joylangan xabarda.
Ma’lumot uchun, UzASBO tizimidagi texnik nosozliklar sabab budjet tashkilotlari xodimlariga to‘lovlarning kechikishi bundan avval ham kuzatilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun