Yilning eng yaxshi ustozlari taqdirlandi

Date:

Ta’lim tizimidagi faoliyat tahsinga sazovor, albatta. Yosh avlodni bilimli, salohiyatli qilish uchun qilinayotgan izlanishlar samara berib, o‘g‘il-qizlarimizning kelajak taqdirida tub burilishlar yasamoqda. Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Maktabgacha va Maktab ta’limi sohasida uzoq yillik samarali mehnati, yosh avlodni vatanparvarlik va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari hamda ta’lim-tarbiya ishlari tizimidagi fidokorona faoliyat yuritgan 57 nafar o‘qituvchi va tarbiyachi munosib taqdirlandi.


Ko‘tarinki ruhda boshlangan tadbirda ustozlarning faoliyati e’tirof etildi. So‘zga chiqqanlar yutuqlar, muvaffaqiyatlar haqida to‘xtalib o‘tib, kelgusidagi ishlarni ana shunday ruhda davom ettirish tilagini bildirdilar. Shundan so‘ng, ustozlarga Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun