Uzun tumanida yangi temir yo‘l vokzali ishga tushdi

Date:

Surxondaryo viloyatining qo‘shni Tojikiston bilan chegaradosh Uzun tumanida “Uzun” temir yo‘l vokzalining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, temir yo‘lchilar va faxriylari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Keyingi yillarda mamlakatimiz temir yo‘l tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘layotgan bir paytda ayni maqsadda hududlarda zamonaviy vokzallar bunyod etilib, yangi yo‘nalishdagi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilib, vagonlarda ham barcha sharoitlar  yaratilmoqda. 

Mamlakatimizning eng chekka va olis tumanida qurilib, ishga tushirilgan “Uzun” temir yo‘l vokzali mahalliy aholi va boshqa yo‘lovchilar uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi.  Shu paytgacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelgan temir yo‘l bekati o‘rnida barcha qulaylikka ega muhtasham vokzal qad rostladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sahnada “Jajji nurli yulduzlar”

Bolalik – iste’dod va ijodkorlik kurtaklari namoyon bo‘ladigan eng...

Ustozlar maydonda

Sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollikni targ‘ib etish, ustozlarning...

“To‘g‘on” mahallasida infratuzilma yangilanmoqda

Hududlarda aholi uchun munosib va qulay yashash sharoitlarini yaratish,...

2 sotixdan — mo‘l hosil va daromad

Tomorqa — to‘g‘ri yondashuv va tinimsiz mehnat bilan oilaviy...
KunTun
KunTun