Loyihasi g‘olib bo‘ldi

Date:

Yurtimizda ta’limga e’tibor kuchaygani o‘qituvchi-pedagoglarni yanada ruhlantirib, ishiga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qilayotir. O‘z ustilarida ishlab, bilim va malakalarini yosh avlodga sarf etishni o‘zlariga sharafli burch deb bilishayotir. Ayniqsa, ko‘plab loyihalar ishlab chib, nufuzli tanlovlarga ishtirok etishayotgani ham quvonarli hol, albatta.
Rossiya Ta’lim vazirligining Xalqaro hamkorlik markazi tomonidan “BEST RUSSIAN SCHOOL EXCHETD” xalqaro tanlovi o‘tkazildi. Tanlovga 54 ta davlatdan 800 ga yaqin ishlar kelib tushgan. Unda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan 2-umumta’lim maktabi jamoasi ham onlayn ishtirok etdi.
Maktab o‘qituvchisi Nuriya Iksanova tomonidan ishlab chiqilgan “Psixologik-pedagogik darslar” loyihasi “Eng yaxshi pedagogik jamoa” nominatsiyasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun