“Bilim uchun 100 million”

Date:

Ta’lim uchun qancha sarmoya va vaqt tikilsa ham u albatta, o‘z mevasini bermay qolmaydi. Bilim insonni kamolotga yetaklashi, ma’naviy dunyosini boyitish bilan birga moddiy jihatdan ham rag‘bat bo‘lishini bugungi yoshlar erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlardan bilish, ko‘rish mumkin. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkaziladigan “Bilim uchun 100 million” olimpiadasi fikrimizga to‘laqonli isbot bo‘la oladi. E’tiborlisi, olimpiadaning bu yilgi mavsumining onlayn bosqichida qariyb 120 ming yosh ishtirok etdi. Ushbu bosqichda eng yuqori o‘rinni qayd etgan TOP-100 ishtirokchi tanlovning ikkinchi— final bosqichiga o‘tkazildi.
Finalda Jahongir To‘rayev eng yuqori balni to‘plab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va 100 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, 99 nafar final ishtirokchisining barchasiga 1 million so‘mdan mukofot berildi. Mana shunday bilimli, salohiyatli yoshlar tengdoshlariga eng yaxshi ibrat bo‘lishi va munosib motivatsiya berishi iqtidorli va izlanuvchan yigit-qizlarni kashf etishga turtki bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun