Pensiya to‘lovini to‘xtatib turish mumkin

Date:

Ish yuzasidan yoki boshqa sabablar bilan o‘zingiz yashaydigan huquqddan boshqa joyga bir muddat yashashingizga to‘g‘ri kelib qolsa, oyma-oy oladigan pensiyam nima bo‘ladi? Qanday olaman, degan o‘y xayolingizdan o‘tishi aniq. Ana shunday holatlarda fuqarolarga yengillik va qulaylik tug‘dirish maqsadida my.gov.uz portalida “Pensiya va nafaqa berishni to‘xtatib turishga ariza berish” xizmati ishga tushirildi.
Bu orqali fuqarolar onlayn ariza berib, pensiya va nafaqa to‘lovini ortiqcha ovvoragarchiliksiz to‘xtatib turishi mumkin. Ushbu xizmat sizga vaqtinchalik pensiya yoki nafaqa kerak bo‘lmasa va ularni olishni ma’lum muddatga to‘xtatib turish zarurati yuzaga kelganida, mamlakat tashqarisida bo‘lganingiz uchun ma’lum vaqt davomida pensiya yoki nafaqa to‘lovlarini ololmasangiz, hayotingizda to‘lovlarni vaqtinchalik to‘xtatib turishni talab qiladigan o‘zgarishlar yuz bersa, kerak bo‘lishi mumkin.
Mazkur xizmatni olish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi va ko‘rsatilgan davlat xizmati uchun to‘lov undirilmaydi. Xizmat ariza topshirilgandan so‘ng avtomatik tarzda ko‘rsatiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtihonda imtiyozi bor

Ta'limda teng imkoniyatlarni ta'minlash, alohida ta'lim ehtiyojiga ega bolalar...

Sun’iy intellekt yordam beradi

Raqamli texnologiyalarni davlat xizmatlariga keng joriy etish fuqarolarga qulaylik...

Sud qarori endi shart emas

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Ming gektardan oʻn ming tonna hosil…

Qishloq xo‘jaligida yer maydonlaridan oqilona foydalanish va takroriy ekinlarni...
KunTun
KunTun