Sunnat to‘yi o‘tkazib berildi

Date:

Farzandlarimizga sunnat to‘yi qilib, ota-onalik va musulmonlik farzlarimizni ado etgan bo‘lamiz. Qumqo‘rg‘on tumani “Yangiyer” mahallasi markazidagi “Azamadbek” to‘yxonasida 10 nafar ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat to‘ylarini o‘tkazib berilgani ota-onalarga katta yengillik tug‘dirdi.
To‘y tantanalarida bolajonlarning va yaqinlarining quvonchi, hayajoni cheksiz. Ular ana shunday savobli ishlarga bosh-qosh bo‘lgan mutasaddilardan minnatdor, saxovatpesha insonlarning borligidan mamnun. To‘yda so‘zga chiqqanlar inson manfaatlari amalda qadr topgan mamlakatimizda savobli va xayrli ishlar yanada ko‘payib borayotganini ta’kidlab, to‘y bolalarni Vatan koriga yaraydigan farzandlar bo‘lishlarini tilashdi.
Homiylar tomonidan to‘ybolalarning har biriga velosiped topshirilgani esa kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtihonda imtiyozi bor

Ta'limda teng imkoniyatlarni ta'minlash, alohida ta'lim ehtiyojiga ega bolalar...

Sun’iy intellekt yordam beradi

Raqamli texnologiyalarni davlat xizmatlariga keng joriy etish fuqarolarga qulaylik...

Sud qarori endi shart emas

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Ming gektardan oʻn ming tonna hosil…

Qishloq xo‘jaligida yer maydonlaridan oqilona foydalanish va takroriy ekinlarni...
KunTun
KunTun