Zamonaviy qiyofa kasb etdi

Date:

Vochax qishlog‘i tuman markazidan 70 kilometr uzoqlikda joylashgani uchun ham u yerda ham tuman markazidagidek shart-sharoit yaratish maqsadida e’tiborga molik ishlar bajarib kelinmoqda. Ana shunday ishlarning davomi sifatida 40 o‘rinli 46-umumta’lim maktabi filiali binosining foydalanishga topshirilgani esa qishloq ahlini birdek quvontirdi.
Maktabning ochilish marosimida tuman hokimi Abduqodir Donayev ishtirok etib, yoshlarni munosib ta’lim-tarbiya olishga chorladi. Shuningdek, marosimda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor xususida so‘z yuritdi hamda nuroniylar ishtirokida ramziy lenta kesilib, maktabda yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
To‘yga to‘yona bilan kelgan hokim yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun maktabga sport anjomlari hamda badiiy asarlar to‘plamini topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun