TISU delegatsiyasi Turkiyada

Date:

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining bir guruh delegatsiyasi ayni kunlarda Turkiyada safarda bo‘lib turibdi. U yerdagi qator nufuzli universitetlar bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida muzokaralar boshlab yuborildi. Birinchi manzilda vakillarimiz Аnqara shahridagi Hacettepe universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha muzokara olib borishdi.
Muzokalar davomida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, professor o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari hamda qo‘shma dasturlar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha hamkorlik kelishuvlari amalga oshirildi. Qolaversa, universitetimizda hamkorlik doirasida til markazi tashkil etish bo‘yicha ham kelishib olindi.
Xalqaro reyting tashkilotlarining maʼlumotlariga ko‘ra, dunyoning top-600 universitetlar ro‘yxatiga kiritilgan universitet sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha Turkiyadagi eng kuchli 3 ta universitetlardan biri sanalsa, tabiiy fanlar va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha esa dunyoda 278-o‘rinda turadi. Texnik taʼminlanganligi, talabalarining qobiliyat va yangiliklar yaratish borasidagi yutuqlari olib qaralganda, mamlakatning yetakchi taʼlim muassasalaridan biridir.
Muzokaralar yakunida almashinuv doirasida oliygohimizdagi pedagogika, tibbiyot hamda iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar mazkur universitetda o‘qishlari (1-2 semestr), o‘qituvchilarning malaka oshirishlari hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqot loyihalarida ishtirok etish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...

Ona tiliga ehtirom — milliy o‘zlik ifodasi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Termiz davlat...

Talabalar harbiy hayot bilan yaqindan tanishdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan Termiz...
KunTun
KunTun