Haftalik doirasida…

Date:

Bugungi yoshlarimiz nafaqat ilmda, balki innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishda ham izlanishdan to‘xtashayotgani yo‘q. Ana shunday g‘oyalarni keng jamoatchilikka ma’lum qilish maqsadida Termiz davlat universitetida “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Universitetda “Ideaton – Uzbekistan 2030” tanlovi o‘tkazish tartibi qanday bo‘ladi: talabalar uchun tanlovga oid ma’lumotlar taqdimoti” o‘tkazildi.

Ilmiy-innovatsion g‘oyalar, loyihalarni saralab olish, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilishi belgilangan tanlovda qatnashchilar o‘rtasida keyingi o‘n yillikdagi muammolar va istiqbolli yo‘nalishlardagi innovatsion g‘oyalarni, ilmiy va innovatsion loyiha yo‘nalishlarida ilmiy-texnik ijodkorlik va ixtirochilikni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirish hamda yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlar yaratishni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan. Loyihalar 30-oktyabrga qadar qabul qilinib, bir oy davomida tanlov komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqiladi va baholanadi. 

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun