Respublika ishchi guruhi Bandixonda

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z.Mahkamova boshchiligidagi bir guruh mas’ullar Bandixon tumanining eng og‘ir hududlar sirasiga kiruvchi “Limonzor” mahallasi ko‘chalari bo‘ylab “Obodlik xonadondan boshlanadi!” shiori ostida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi doirasidagi keng qamrovli obodonlashtirish va tozalash tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan mahalla aholisi va keng jamoatchilik bilan suhbat olib bordilar.


Uchrashuv so‘nggida mahalla aholisi dastlab, xatlovdan o‘tkazilib, muammolarni aniqlab olish ishlari hamda mahallada aniqlangan muammo va kamchiliklarni bosqichma-bosqich hal etish belgilab olindi.
Qolaversa, ekin yerlaridan samarali foydalanish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shu bilan birga, ayrim hududlarda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlar holatini o‘rganish maqsadida “Bandixon nasos 1” qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish tizimi o‘rganildi.
Mana shunday o‘rganishlar, joylarda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar aholining turmush hayotini yaxshilashga, muammolariga munosib yechim topishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i yangradi

Bugun Bandixon tumanidagi 45 ta umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq”...

Maktab ostonasidagi ilk tuhfa — kitob

Yangi o‘quv yilining ilk kuni Sho‘rchi tumanidagi umumta’lim maktablarida...

Yangi o‘quv yiliga tantanali start berildi

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan...

Yangi o‘quv yili — ulkan orzular bilan boshlandi

Sho‘rchi tumanida yangi o‘quv yili o‘zgacha ko‘tarinki ruh, ezgu...
KunTun
KunTun