Texnikum oʻquvchilari bilan shartnomalar imzolandi

Date:

Yoshlar kasb-hunar o‘rganishga o‘rganishadi-yu, ammo har doim ham ish topib, o‘z o‘rnini topib keta olmaydi. Shundan keyin kimdir o‘qishini oliy ta’limda davom ettirishga harakat qilsa, kimdir xorijga ishlashga ketishga majbur bo‘ladi. Gap ish bilan ta’minlanish borasida ketar ekan, bu borada Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning boshida turgan tadbirkorlarimizdan madad, kerakli qo‘llab-quvvatlovni kutish o‘rinlidir.
Yoshlar bandligini ta’minlash esa Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlarda ham o‘z aksini topgan. Ana shunday topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz shahar hokimi Oʻ.Toʻrayev tadbirkor “Termiz tezkor qurilish” ITQK rahbari H.Allamurodov bilan birgalikda Surxondaryo arxitektura va qurilish texnikumiga tashrif buyurdi.


Tashrif davomida qurilish texnikumida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv ustaxonasi faoliyati va oʻquvchilarni kasbga oʻrgatish jarayonlari bilan tanishilib, texnikum oʻquvchilari va oʻqituvchilari bilan samimiy muloqot qilindi hamda oʻzaro fikr almashildi.
Uchrashuv soʻnggida esa “Termiz tezkor qurilish” ITQK rahbari H.Allamurodov, Arxitektura va qurilish texnikumi direktori Oʻ.Omonov va texnikumning oʻquvchilari oʻrtasida uch tomonlama shartnomalar imzolanib, oʻquvchilarni zamonaviy kasblarga oʻrgatish, ularning amaliyot oʻtashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va bitirgandan soʻng ishga qabul qilish hamda doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kabi muhim masalalar kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun